» » Megan Marklning to‘ydan so‘ng birinchi marta omma oldiga chiqishi shov-shuvlarga sabab bo‘ldi

Megan Marklning to‘ydan so‘ng birinchi marta omma oldiga chiqishi shov-shuvlarga sabab bo‘ldi


Buyuk Britaniyada shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklning to‘ydan so‘ng birinchi marta omma oldiga chiqishi shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda  “MetroNews.ru” xabar berdi.

Juftlik Bukingem bog‘idagi ziyofatga keldi. Bu an’ana bo‘lib, shahzoda Uilyam va Keyt Middlton ham to‘ydan keyin bu tadbirga tashrif buyurgan.

Garri va Meganga shahzoda Charlz va uning rafiqasi Kamilla hamrohlik qilgan. Xabar qilinishicha, gersoginya Meganga rahnamolik qilmoqda, ular o‘rtasida iliq munosabatlar shakllangan. Bukingem bog‘idagi ziyofatda Kamilla va Megan ko‘p va kulib suhbatlashgan.

Megan Marklning to‘ydan keyingi birinchi chiqish uchun tanlagan libosi shov-shuvga sabab bo‘lgan. Libosni yaratgan Coat brendining sayti kiruvchilarning soni ortib ketganidan ishlamay qolgan.

“Hozirda veb-saytimiz katta miqdordagi trafik tufayli yopilgan. Biz uzr so‘raymiz va vaziyatni tuzatishga umid qilamiz”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Megan birinchi chiqish uchun Tamara Mellon’s Siren Heel brendi tuflisini va qirollik oilasining sevimli dizayneri Philip Treacy brendining shlyapasini tanlagan.

Megan Markl va shahzoda Garrining (endilikda Sasseks gersogi va gersoginyasi) o‘zini tutishi ham jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmagan. Shahzoda va Megan bir-biriga nihoyatda iliq munosabatda ekani sezilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют