» » O‘zbekiston tamaki mahsulotlari eksportini boshladi

O‘zbekiston tamaki mahsulotlari eksportini boshladi


British American Tobacco Uzbekistan qo‘shma korxonasi uzoq tanaffusdan so‘ng Qirg‘iziston va Turkmanistonga sigaret eksport qilishni qayta tikladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Samarqanddagi sigaret fabrikasi mahsulotlarning dastlabki turkumini Bishkekka jo‘natdi.

“2018-yilning 1-choragida uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Qirg‘iziston va Turkmanistonga tamaki mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha dastlabki shartnomalar imzolandi. Qozog‘iston, Tojikiston va Mug‘ulistonga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda. BAT Uzbekistan mahsulotlari uchun mazkur bozorlar eksport salohiyati yiliga 15 million dollarni tashkil etadi”, — deya ma’lum qildi kompaniya mutasaddilari.

Ma’lumot uchun, oxirgi o‘n yil davomida korxona tayyor mahsulotlari eksporti muntazam bo‘lmagan tarzda amaga oshirilgandi. O‘tgan vaqt davomida asosan O‘zbekistonda yetishtirilgan tamaki xomashyosi eksport qilinib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют