» » O‘zbekiston yashash uchun qulay sharoitga ega davlatlar reytingida 53-o‘rinni band etdi

O‘zbekiston yashash uchun qulay sharoitga ega davlatlar reytingida 53-o‘rinni band etdi


O‘zbekiston odamlarning yashashi uchun eng qulay sharoitga ega mamlakatlar reytingida 53-o‘rinni egalladi. Bu haqda Vivid Maps saytidagi tadqiqot natijalariga asoslanib, Sputnik xabar berdi.

Amerikalik olimlar tahlil vaqtida Maxent ilmiy-tadiqoqt tizimidan foydalangan. Maxent — bu Homo Sapiens uchun qulay yashash muhiti entropiyasini maksimal modellashtirish. U aholining hozirda yashash sharoitiga asoslangan.

Tadqiqotda 100 dan 10 ming nafargacha aholi istiqomat qiladigan shaharlar tanlab olingan hamda atrof-muhitning potentsial muvofiq taqsimlanishini modellashtirish uchun 19 ta bioiqlimiy o‘zgaruvchanlikdan foydalanilgan.

Reytingda birinchi o‘rinni Braziliya egallagan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarni AQSh va Xitoy band etgan. Rossiya hamda Avstraliya 4 va 5-o‘rinlarni egallagan.

Shuningdek, ro‘yxatga Markaziy Osiyo davlatlari — Qozog‘iston (11-o‘rin), Afg‘oniston (43-o‘rin), Turkmaniston (51-o‘rin), Qirg‘iziston (107-o‘rin) hamda Tojikiston (108-o‘rin) ham kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют