» » Putin va Kim Chen Inning uchrashuvi shu yil sentabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin

Putin va Kim Chen Inning uchrashuvi shu yil sentabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin


Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi Vladivostokda 11—13-sentabrda bo‘lib o‘tadigan Sharqiy iqtisodiy forum doirasida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda diplomatik manbalar ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”. 

“Hozirda turli variantlar muhokama qilinmoqda va ko‘rib chiqilmoqda. Ulardan biri forumdagi muzokaralar varianti. Kim Chen Inning Putin yo‘llagan maktubga javobini kutyapmiz”, — ta’kidladi manbalar. 

KXDR yetakchisi Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilayotganini Davlat dumasi spikerining birinchi o‘rinbosari Ivan Melnikov ham Shimoliy Koreya pralamenti deputatlari bilan uchrashuvida tasdiqladi. 

“Biz tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning mamlakatingizga tashrifini diqqat bilan kuzatdik. U prezident Putinning, jumladan, sentabr oyida Vladivostokda bo‘lib o‘tadigan Sharqiy iqtisodiy forum doirasida Rossiyaga rasmiy tashrif buyurish taklif etilgan maktubini o‘rtoq Kim Chen Inga yetkazganidan xabarimiz bor”, — dedi Ivan Melnikov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют