» » Xalqaro avtokarvon O‘zbekistondagi yo‘llar holatini o‘rganadi

Xalqaro avtokarvon O‘zbekistondagi yo‘llar holatini o‘rganadi


6-avgustda Moskvadan “Xavfsiz yo‘llar” xalqaro avtokarvoni yo‘lga chiqadi. Bu haqda “Zarafshon” gazetasiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Avtomobillar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan o‘tadi. Jumladan, avtokarvon ishtirokchilari Samarqand, Andijon, Toshkent, Navoiy va Buxoroda bo‘ladi.

Avtokarvonni o‘tkazishdan maqsad avtomobil yo‘llarining holatini o‘rganish, yo‘l harakati muammolarini aniqlash va ularga yechim topishdan iborat. Shuningdek, sayohat davomida turli madaniy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mutaxassislar ko‘chma zamonaviy yo‘l laboratoriyasi yordamida xalqaro avtomobil yo‘llari monitoringini o‘tkazadi, ularning tekisligi, bardoshliligi va boshqa muhim ko‘rsatkichlar e’tiborga olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют