» » Jizzaxda profilaktika inspektori va mahalla mutaxassisi kaltaklandi

Jizzaxda profilaktika inspektori va mahalla mutaxassisi kaltaklandi


Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 2-iyun kuni tuman IIB profilaktika inspektori H.R. va “Do‘stlik” MFY xotin-qizlar bo‘yicha mutaxassisi M.O. Zamin ko‘chasida yashovchi S.X.ning uyida notanish fuqaro ro‘yxatdan o‘tmasdan yashayotganligiga aniqlik kiritish maqsadida boradi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Voqea joyida Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida yashovchi Z.N. ismli ayol mazkur uyda ro‘yxatdan o‘tmasdan yashayotganligi, shu yerda bo‘lgan uning tanishi, Jizzax shahrida yashovchi D.S. yalang‘och holda turganligi sababli profilaktika inspektori H.R. ularni tartibga chaqiradi.

D.S. xodimga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatib, profilaktika inspektorini boshiga hamda M.O.ni yuziga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazdi. Buning oqibatida profilaktika inspektori va “Do‘stlik” MFY xotin-qizlar bo‘yicha mutaxassisi kasalxonaga yotqizildi. D.S. qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют