» » Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari tayinlandi


O‘zbekiston Prezidentining 5-iyundagi qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Normat To‘lqunovich Tursunov Toshkent davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Normat Tursunov soliq organlari tizimidagi faoliyatini 1994-yili Toshkent shahrining Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumani davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan edi. 2010–2017-yillarda u Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari, so‘ng Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Davlat rahbarining boshqa qarori bilan O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari etib Olimjon Elchiyevich Fayziboyev tayinlandi. U 2017-yil mayidan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют