» » “O‘zeltеxsanoat”: Eksport salohiyatini oshirish zimmamizdagi eng asosiy vazifa

“O‘zeltеxsanoat”: Eksport salohiyatini oshirish zimmamizdagi eng asosiy vazifa


4-iyun kuni milliy matbuot markazida “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati OAV xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va muammolar to‘g‘risida so‘z bordi.

Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi Alisher Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, yangi investitsiya loyihalarini joriy etish orqali birinchi navbatda hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish va ikkinchi masala bu eksport salohiyatini oshirishdan iboratdir.

“Bizning vazifamiz mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalarga yordam berish. Mahsulotlarini xorij bozorlariga eksport qilishga ko‘maklashishdir. Ularga davlat tomonidan qanday imkoniyat va imtiyozlar berilayotgan bo‘lsa, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanib, mavjud muammolarini hal etilishida asosiy ko‘makchi bo‘lishimiz kerak. Shundagina kompaniyamizga a’zo korxonalar bizga ishonadi”, – deydi Alisher Abdullayev o‘z ma’ruzasida.

Matbuot anjumanida shuningdek, importni optimallashtirish va eksport salohiyatini oshirish yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Tahlillarga ko‘ra, 2017-yilda mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2013-yilga nisbatan 3,3 baravarga o‘sgan. Mazkur yuqori o‘sish suratlariga ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish orqali erishilgan. O‘zbek brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Gruziya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Ukraina, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Rossiya kabi o‘nlab davlatlarga eksport qilinmoqda.

“Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xalqimizga arzon va sifatli taqdim etish uchun butlovchi ehtiyot qismlarni o‘zimizda ishlab chiqarishimiz kerak. Chunki, import hajmini qisqartirish, eksportni oshirish bo‘yicha ko‘p tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlayapmiz. Oldimizda katta vazifalar turibdi. Qolaversa, Prezidentimiz bizga ishongan. Biz davlatimiz va xalqimiz ishonchini oshirish uchun tunu kun ishlashga tayyormiz. Agar oldimizdagi maqsadlarni amalga oshira olsak, iqtisodiy taraqqiyotimiz ham yaxshilanadi”, – deydi Alisher Abdullayev.

“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va muammolar to‘g‘risida hisobot haqida ma’lumot berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют