» » “O‘zqurilishmateriallari” 2017-yilda 107 million dollarlik mahsulotni eksport qiladi

“O‘zqurilishmateriallari” 2017-yilda 107 million dollarlik mahsulotni eksport qiladi


“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i Jo‘rabek Ahmedov qayd etishicha, Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha 11 turdagi qurilish materiali ishlab chiqarishni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2017-2021-yillarda O‘zbekistonning turli hududlarida umumiy qiymati 7,4 trillion so‘mlik 2500 ga yaqin loyihani amalga oshirish belgilangan.

Joriy yilda 3 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, 107 million dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilgan. 968 loyihani amalga oshirish, mahsulotlar tannarxini 8 foizga kamaytirish ustida sa’y-harakatlar boshlab yuborilgan.

Yangi bozorlarni o‘rganish hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya va Afg‘onistonda dilerlik tarmoqlari hamda vakolatxonalarini ochish mo‘ljallanmoqda.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют