» » O‘zbekiston 2017-yilda import hajmini 1,1 mlrd dollarga qisqartiradi

O‘zbekiston 2017-yilda import hajmini 1,1 mlrd dollarga qisqartiradi


O‘zbekiston 2017-yilda import hajmini 1,1 milliard dollardan ziyodroqqa qisqartirmoqchi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Iqtisodiyot vazirligi vakillari Toshkentda 14-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilganidek, bunga sotib olishni mahalliylashtirilgan tovarlarga qayta yo‘naltirish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish orqali erishiladi.

Joriy yilda jami taxminan 6,5 trillion so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko‘zda tutuvchi 960 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, mahalliy korxonalarga o‘zlashtirish tavsiya etilgan talabgir mahsulotlarning 122 ta turi aniqlangan.

2019-yilgacha jami ishlab chiqarish hajmi 3,4 milliard dollarga teng 1146 ta mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilgan.

Import tahlili ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida 100 dan ortiq tovar guruhlari (shaxta vagonetkalari, vakuum nasoslari, minorali kranlar, shisha bankalar, butilkalar, kraxmal va boshqalar) bo‘yicha import to‘liq to‘xtatilgan.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют