» » O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga 100 turdan ortiq tovarlar importi to‘xtatildi

O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga 100 turdan ortiq tovarlar importi to‘xtatildi


O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlari kesimida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hisobiga import hajmini kamaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

2010—2016-yillarda 2000 ga yaqin mahalliylashtirish loyihasining amalga oshirilishi natijasida umumiy import o‘rnini bosish samaradorligi 7,5 milliard dollardan ko‘proqni tashkil etdi.

So‘nggi uch yilda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga shaxta vagonetkalari, vakuum nasoslar, ko‘tarma kranlar, har xil turdagi o‘tga va kislotaga chidamli materiallar, qurilish jihozlari, sendvich panellar, sun’iy sintetik gazonlar, shisha bankalar, butilkalar, kraxmal, non mahsulotlari uchun achitqilar singari 100 turdan ortiq tovarlarning O‘zbekistonga olib kirilishi butunlay to‘xtatildi.

Maishiy elektrotexnika mahsulotlari, avtomobil filtr va radiatorlari, po‘lat quvurlar, keramik plitalar, tibbiyot ampulalari, poligrafik bo‘yoqlar, bolalar o‘yinchoqlari, sport anjomlari kabi 350 dan ortiq turdagi mahsulotni chetdan keltirish ikki baravardan ziyodga kamaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют