» » Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan qulonlarning yashashi aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan qulonlarning yashashi aniqlandi


“Saygachiy” majmua landshaft buyurtma qo‘riqxonasi xodimlari tomonidan Qoraqalpog‘istonning Turkmaniston bilan chegaradosh g‘arbiy qismida, ya’ni Sariqamish havzasi hududida qulonlar to‘dasining yashashi aniqlandi, deb yozmoqda O‘zA.

— Biz har oyda ikki-uch marotaba sayg‘oqlar yashaydigan hududlarni aylanib chiqamiz, — deydi “Saygachiy” majmua landshaft buyurtma qo‘riqxonasi inspektori Bayram Uteuliyev. — Navbatdagi shunday reyd safarimizni Qoraqalpog‘istonning g‘arbida cho‘zilib yotgan Ustyurt kengliklari bo‘ylab amalga oshirdik. Sariqamish ko‘lining atrofida har xil yovvoyi hayvonlar va qushlarni, xususan to‘ng‘iz, tulki, qarsoq, shoqol, bo‘rsiq, boyqush, burgutlarni ko‘rdik. Shuningdek, bo‘rilarning izlariga ham duch kelib turdik. Bizni hayratga solgani Ustyurtda qulon va jayronlar to‘dasining mavjudligi edi. Ularni tasvirga muhrlash uchun avtotransportda izidan quvib kadr olishga muvaffaq bo‘ldik.

Biologiya fanlari doktori, professor Svetlana Mambetullayevaning ta’kidlashicha, Qulonlarning Qoraqalpog‘istonda qayta paydo bo‘lishi o‘ta muhim yangilikdir. Negaki, Ustyurt kengliklarida turkman qulonlari XX asrning 30-yillariga kelib butunlay qirilib ketgan edi.

Qulon Xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotining Qizil kitobiga, Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi Konvensiyaning (SITЕS) ilovasiga va O‘zbekiston Qizil kitobiga yovvoyi tabiatda yo‘qolib borayotgan hayvonot turi sifatida kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют