» » Yangi iPhone’larning rangli tasvirlari paydo bo‘ldi (foto)

Yangi iPhone’larning rangli tasvirlari paydo bo‘ldi (foto)


Bir yo‘la bir nechta manbalar Apple kompaniyasi bu yil kamida ikkita iPhone X’ga o‘xshagan yangi smartfonni taqdim etishini aytmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Ulardan biri 6,1 dyuymli IPS-ekranli arzon model, ikkinchisi — o‘tgan yilgi iPhone X’ning 6,5 dyuymli OLED-ekranli Plus-versiyasi bo‘ladi. Mashhur @OnLeaks insayderi qurilmalarning chizmalari asosida yaratilgan yangi Apple smartfonlarining rangli renderlarini chop etdi.

Yangi iPhone’lar Apple’ning o‘tgan yilgi “yubiley” smartfonlaridan deyarli farq qilmasligi kutilmoqda. 6,1 dyuymli arzon iPhone faqat bittalik kameraga ega bo‘ladi, ammo Face ID skaneri joylashgan “qosh” ekraniga o‘rnatiladi. 6,5 dyuymli iPhone esa iPhone X’ni to‘liq ko‘chirib oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют