» » Gollivud aktyori Richard Gir Angela Merkel bilan uchrashdi

Gollivud aktyori Richard Gir Angela Merkel bilan uchrashdi


Gollivud aktyori Richard Gir Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Artist Berlin kinofestivali doirasida namoyish etiladigan o‘zining yangi “Kechki ovqat” filmi premyerasiga keldi.

Gir Tibet uchun tashkil qilingan xalqaro kampaniyani boshqaradi, shu tufayli u Merkel bilan ushbu mintaqadagi joriy vaziyatni muhokama qildi. Shunga o‘xshash mavzu aktyorning bundestag spikeri o‘rinbosari Klaudiya Rot bilan uchrashuvida ham muhokama qilindi, shuningdek, AQShdagi siyosiy vaziyat ham tilga olindi.

“Kechki ovqat”ga kelsak, film Berlinale tanlov dasturi doirasida 10-fevral kuni namoyish etiladi. Unga Oren Moverman rejissorlik qilgan. Kartinada, shuningdek, Lora Linni, Rebekka Xoll, Stiv Kugan, Xloya Sevinyi rol ijro etgan.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют