» » Alisher Navoiy asari Rossiya imperatori va Eron shohi o‘rtasidagi urushning oldini olgan

Alisher Navoiy asari Rossiya imperatori va Eron shohi o‘rtasidagi urushning oldini olgan


Dunyodagi eng katta va boy kutubxonalardan – Rossiya Milliy kutubxonasida buyuk o‘zbek shoiri Hazrat Alisher Navoiy qalamiga mansub 25 nodir qo‘lyozma saqlanadi. Ular orasida shoirning bevosita hayotlik davrida ko‘chirilgan qo‘lyozmalar ham bor. Bu haqda jurnalist Rustam Jabborovning O‘zA agentligi tomonidan e’lon qilingan maqolasida aytiladi. Maqolani to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

XV asrning 60-yillarida Navoiyning shogirdlari tomonidan ko‘chirilgan “Ilk devon” ham ana shunday bebaho durdonalardan biridir. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asr boshlarida bu qo‘lyozma Erondagi Qojorlar sulolasi vakili Fathalishoh kutubxonasida saqlangan. 1828-yil fevral oyida Tehronda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon tufayli Rossiyaning ushbu davlatdagi elchisi, diplomat va adib Aleksandr Griboyedov o‘ldirilgach, ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar batamom to‘xtab, urush muqarrar bo‘lib qolgandi.

Eron shohi urushning oldini olish maqsadida Rossiya imperatoriga elchining xun bahosi sifatida ko‘plab qimmatbaho sovg‘alar qatorida Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu kitobni ham qo‘shib jo‘natadi. Ushbu bebaho sovg‘adan ko‘ngli to‘lgan Nikolay I Eronga urush ochish fikridan qaytadi. Shu tariqa bundan salkam ikki asr muqaddam buyuk bobomizning “Ilk devon”i minglab insonlarning o‘limiga sabab bo‘lishiga muqarrar urushni to‘xtatib qolgan edi. Podshoh bu bebaho qo‘lyozmani o‘z kutubxonasi xodimlariga topshirib, uni munosib tarzda asrashni buyuradi. Ayni paytga qadar mazkur kitob Hazrat Navoiyning boshqa o‘nlab asarlari qatorida munosib saqlab kelinmoqda.

Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi, shuningdek, ko‘plab davlat, jamoat hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l” Ikkinchi xalqaro kongressi doirasida mazkur kutubxonada “Alisher Navoiy asarlari XV—XIX asrlar qo‘lyozmalarida” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Unda kutubxona fondida saqlanayotgan o‘nlab nodir qo‘lyozmalar namoyish etildi. Muzey xodimlari bu qo‘lyozmalarning muzeyga kelib tushishi haqida mehmonlarga so‘zlab berishdi.

– Alisher Navoiy nafaqat o‘zbek xalqining, balki butun insoniyatning buyuk shoiridir, – deydi Rossiya Milliy kutubxonasi ilmiy xodimi Olga Vasilyeva. – Men ham Navoiy ijodiga bo‘lgan mehrim tufayli o‘zbek tilini o‘rganganman. Navoiyni o‘z ona tilida o‘qib anglash, ma’nolarini kashf etish ulug‘ saodat. Mazkur kongress doirasida Navoiy asarlari ko‘rgazmasining tashkil etilishi juda quvonarli voqea bo‘ldi. Ko‘rgazmadan Navoiy davrida yaratilgan boshqa bir qator asarlar ham o‘rin olgan.

Kutubxonaga VIII asrning birinchi choragiga mansub “Katta Langar Qur’oni”, “Husayn Boyqaro devoni” singari qo‘lyozmalarning O‘zbekistondan olib kelingan faksimile nusxalari, yurtimizdagi tarixiy yodgorliklar epigrafikasi haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi kitob albomlar tuhfa qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют