» » Fransiya xalqaro moda akademiyasi O‘zbekistonda filialini ochadi

Fransiya xalqaro moda akademiyasi O‘zbekistonda filialini ochadi


Avval xabar berganimizdek, Fransiyaning Parij shahridagi Xalqaro moda akademiyasida (AICP) ilk bor O‘zbekiston to‘qimachilik, tikuv-trikotaj industriyasi vakillari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining “Sharq liboslari” dizayn markazi modeler-dizanerlari va konstruktorlari malaka oshirmoqda. Bu haqda uyushma matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik dizayner va modelerlar kiyimlar dizaynini yaratishning yangi innovatsion g‘oyalari, liboslarni modellashtirishning zamonaviy uslublari bilan tanishdi. Trening, maxsus kurs va mahorat saboqlari davomida Xalqaro moda akademiyasi yetakchi dizaynerlari tomonidan tashkillangan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. 

Akademiya rahbari J. Voklyur bilan muzokaralar davomida joriy yil oktyabr oyida o‘zbekistonlik dizaynerlar uchun imtiyozli shartlar asosida o‘quv kurslarining ikkinchi bosqini amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. 

J. Voklyur “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining O‘zbekistonda Xalqaro moda akademiyasi filialini ochish haqidagi taklifini qo‘llab-quvvatladi. Hozirda bunday akademiya Yaponiyada faoliyat ko‘rsatmoqda. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют