» » Urugvay—O‘zbekiston. Boshlang‘ich tarkiblar e’lon qilindi. Suares va Kavani asosiy tarkibda

Urugvay—O‘zbekiston. Boshlang‘ich tarkiblar e’lon qilindi. Suares va Kavani asosiy tarkibda


Xabar berilganidek, bugun, 8-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat tonggi 04:00 da futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Montevideoda ikki karra Jahon chempioni — Urugvay termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Bellashuv O‘zbekistonning Sport-TV hamda Rossiyaning “Match-TV” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etiladi. O‘zbekiston uchrashuvni oq, Urugvay esa havorang libosda boshlaydi.

Ma’lumot uchun Oskar Tabares shogirdlari Jahon Chempionatining guruh bosqichida mundial mezboni Rossiya bilan bir guruhdan joy olgan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu paytga qadar biror marta Janubiy amerikaliklar bilan uchrashuv o‘tkazmagan.

Jamoalar tarkibi ma’lum bo‘ldi.

O‘rtoqlik o‘yini

8-iyun, juma

Urugvay: Fernando Muslera, Maksimiliano Pereyra, Diyego Godin, Xose Ximenes, Martin Kaseres, Naitan Nandez, Rodrigo Bentankur, Matias Vesino, Giorgian De Arraskaeta, Luis Suares, Edinson Kavani.

Zaxira: Martin Silva, Martin Kampanya, Sebastyan Koates, Gaston Silva, Diyego Laksalt, Kristian Rodriges, Lukas Torreyra, Jonatan Urretaviskaya, Karlos Sanches, Maksimiliano Gomes, Kristian Stuani

O‘zbekiston: Eldorbek Suyunov, Shuhrat Muhammadiyev, Sherzod A’zamov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Odiljon Hamrobekov, Azizjon G‘aniyev, Javohir Sidiqov, Azizbek Turg‘unboyev, Jaloliddin Masharipov, Zabihillo O‘rinboyev

Zaxira: Botirali Ergashev, Umidjon Ergashev, San’at Shixov, Dostonbek Tursunov, Islom Qobilov, Abbosjon Otaxonov, Jasur Yaxshiboyev, Ikrom Aliboyev, Islom Kenjaboyev, Xurshid G‘iyosov, Sardor Sobirxo‘jayev, Bobir Abdixoliqov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 04:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют