» » Ro‘zaning inson salomatligiga ta’siri haqida

Ro‘zaning inson salomatligiga ta’siri haqida


O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy saytida ro‘zaning inson salomatligiga ta’siri haqida maqola e’lon qilindi.

Aslida ko‘plab kasalliklar me’yorni bilmaslik orqali paydo bo‘ladi. Ro‘za tutish orqali biz ikki tomonlama foyda olamiz, ya’ni – oxirat savoblarini olamiz va tanamizdagi ortiqcha bemorliklardan xalos bo‘lamiz, deyiladi maqolada.

Semirib ketish natijasida salomatligi bilan bog‘liq turli muammolarga uchragan ayol yugurib ham, parhez saqlab ham oza olmagach, oyning 13-14-15 va haftaning dushanba, payshanba kunlari ro‘za tutishga odatlanganidan keyingina vazn tashlagani, buning natijasida sog‘lig‘i yaxshilangani aytiladi.

“So‘nggi yillarda dunyodagi ko‘pgina mamlakatlarda kasalliklarning oldini olish va davolash uchun o‘zini ovqatdan sirish usulidan tobora kengroq foydalanilmoqda. Bu usul o‘ziga xos jihatlarga ega. Eng muhimi, vaqti-vaqti bilan har oyning 13-14-15 kuni yoki haftaning dushanba va payshanba kunlarida ro‘za tutishga odatlanish bir tomondan sunnat amal hisoblansa, ikkinchi tomondan tanamizni sog‘lomlashtirishda asosiy omildir”, — deyiladi maqolada.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют