» » “Bizni oilaviy ko‘rsa bo‘ladi”. “Million” jamoasining sobiq a’zosi Otabek Mirzaxolov “Milliy art” jamoasi haqida (video)

“Bizni oilaviy ko‘rsa bo‘ladi”. “Million” jamoasining sobiq a’zosi Otabek Mirzaxolov “Milliy art” jamoasi haqida (video)


“Million” jamoasining sobiq a’zosi Otabek Mirzaxolov  “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Intervyu davomida Otabek Mirzaxolov  “Milliy art” jamoasi a’zolari, jamoa oldiga qo‘ygan maqsadi hamda ilk konsert dasturini qachon taqdim qilinishi haqida batafsil gapirib berdi.

Bundan keyin ko‘proq e’tiborimizni milliylikka qaratmoqchimiz. Juda ko‘pchilik muxlislar bizlarning konsertni muhokama qilayotganda “oilaviy ko‘rib bo‘lmaydi”, deya e’tiroz qilishardi. “Milliy art” jamoasi mentalitetimizga to‘g‘ri keladigan, o‘zbekona, oila bilan ko‘rsa bo‘ladigan, iloji boricha qo‘pol hazil qilmasdan, hazillarida beldan pastga tushmaslikka harakat qiladigan jamoa bo‘lishini niyat qilganmiz. Biz hazillar tomonlama milliyroq ruhda ijod qilish uchun jamoamizni “Milliy art” deb nomladik. “Milliy art” jamoasida Umid Umarov, Shahlo Zoirova, Ahmad Temurovlardan tashqari yangi a’zolar ham ishtirok etadi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda muxlislarga ma’lum qilib boramiz. Ayni vaqtda maqsad va vazifalarimizni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga ma’lum qilib, ruhsatnoma chiqishini kutmoqdamiz. 2018-yil sentabr oylarida ilk konsert dasturimizni o‘tkazishni rejalashtirganmiz.

Otabek Mirzaxolov, “Milliy art” jamoasi a’zosi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 15:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют