» » Aleksandr Geynrix Qozog‘istonning “Aqto‘be” klubiga boshliq bo‘ldi

Aleksandr Geynrix Qozog‘istonning “Aqto‘be” klubiga boshliq bo‘ldi


Qozog‘istonning “Aqto‘be” klubi O‘zbekiston terma jamoasining 33 yoshli sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrixni jamoaga boshliq etib tayinladi. Bu haqda “KazFootball.kz” xabar berdi.

Joriy yil faoliyatiga yakun yasagan Aleksandr Geynrix shu vaqtga qadar klubda seleksioner-murabbiy bo‘lib ishlab kelayotgandi. Endi u yuqori lavozimga tayinlandi.

Ma’lumot uchun Geynrix futbolchilik faoliyatini 2001-yili “Do‘stlik” jamoasida boshlagan. Keyinchalik esa Toshkentning “Paxtakor” va “Lokomotiv”, Moskvaning SSKA hamda “Torpedo”, Janubiy Koreyaning “Suvon SB”, BAAning “Emireyts”, Qozog‘istoninng “Aqto‘be” va “Ordabasi” klublarida faoliyat olib borgan.

Hujumchi Qozog‘iston chempionatida 110 ta uchrashuvda qatnashib, 28 ta gol urishga erishgan bo‘lsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 97 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют