» » Qozog‘istonning futboldagi termasiga rossiyalik murabbiy boshchi bo‘ldi. Biroq uning oldiga Rossiya—2018 vazifasi qo‘yilmadi

Qozog‘istonning futboldagi termasiga rossiyalik murabbiy boshchi bo‘ldi. Biroq uning oldiga Rossiya—2018 vazifasi qo‘yilmadi


Rossiyalik mutaxassis Aleksandr Borodyuk futbol bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Borodyuk qozog‘istonlik futbolchilarga 3 yil davomida murabbiylik qiladi. Bunda u termadagi avlodlar almushinuvi jarayonini bezarar o‘tkazishga urinadi, tarkibni yoshartirishga harakat qiladi va mahalliy futbolchilar saviyasini oshirishga xizmat qiladi.

Qozog‘iston futbol federatsiyasi rossiyalik murabbiyning oldiga Rossiya mundialini vazifa qilib qo‘ymadi. Ayni paytda Qozog‘iston terma jamoasi Rossiya—2018 uchun kurash olib borayotgan bo‘lib, Polsha, Ruminiya, Daniya, Chernogoriya, Armaniston kabi termalar bilan bir guruhdan joy olgan.

Ortda qolgan 4 ta tur uchrashuvlaridan keyin Qozog‘iston 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Mamlakat bosh jamoasi Astanada Polsha bilan 2:2, Ruminiya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan. Safarda esa Chernogoriyadan 0:5, Daniyadan 1:4 hisoblarida yengilgan.

Ma’lumot uchun, o‘z vaqtida Qozog‘iston terma jamoasi ham O‘zbekiston singari OFK vakili bo‘lgan hamda 2002-yildan e’tiboran UEFAga o‘tib ketgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan oldiga mundialga chiqish asosiy vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan. Yevropa termalariga qarshi kurash olib boradigan Qozog‘iston termasida esa bunday vazifa yo‘q.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют