» » Rio—2016 Olimpiadasida birinchi bo‘lgan O‘zbekiston boks terma jamoasi WSB’da so‘nggi o‘ringa tushib ketdi

Rio—2016 Olimpiadasida birinchi bo‘lgan O‘zbekiston boks terma jamoasi WSB’da so‘nggi o‘ringa tushib ketdi


Jahon boks seriyasida ikkinchi bor ishtirok etayotgan Uzbek Tigers jamoasi 2-tur janglaridan keyin guruhda so‘nggi o‘ringa tushib ketdi.

Xitoyda China Dragons mehmoni bo‘lib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonlik sportchilar Qozog‘istonda Astana Arlans’dan 1:4 hisobida yengildi.

Kunning ikkinchi o‘yini Xitoyda o‘tib, Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi mezbonlar ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi.

O‘zbekistonlik bokschilar yakuniga yetgan 9 ta jangning 6 tasini boy berib ulgurdi. Shuningdek, Elnur Abduraimov jarohati sabab ringga chiqa olmagani uchun, Uzbek Tigers yana bitta ochko boy berdi.

Rio—2016 ishtirokilari hisoblangan Murod Ahmadaliyev, Shahram G‘iyosov, Bahodir Jalolov kabi bokschilar ham raqibidan ustun bo‘la olmadi. Faqatgina Bektemir Meliqo‘ziyev jamoasiga 1 ochko olib berdi.

Guruhda qozog‘istonlik bokschilar 6 ochko bilan peshqadam. Ular 7 ta jangda g‘olib chiqa olgan. Rossiya termasi esa janglarning 6 tasida ustun kelib, ikkinchi o‘rindan joy olgan.

4-mart kuni Uzbek Tigers rossiyalik sportchilarga qarshi ringga chiqadi. Bellashuvlarga Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasi mezbonlik qiladi.

Опубликовано: admin (19-02-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют