Astana Arlans – Uzbek Tigers 1:0. Abrorjon Qodirov qozog‘istonlik raqibiga mag‘lub bo‘ldi
Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 2-turida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi safarda qozog‘istonlik bokschilardan tashkil topgan Astana Arlans jamoasiga qarshi bahs olib bormoqda.
Dastlab yengil vazn – 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar ringga ko‘tarildi. Unda O‘zbekiston vakili Abrorjon Qodirov raqibi Oljas Sattibayevga qarshi bahs olib borib, 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Mazkur bellashuvdan so‘ng Astana Arlans 1:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Navbatdagi janglar quyidagi ko‘rinishni olgan:
-60 kilogramm: Zokir Safiullin — Murodjon Ahmadaliyev;
-69 kilogramm: Aslanbek Shimbergenov — Shahram G‘iyosov;
-81 kilogramm: Nurdaulet Jarmanov — Bektemir Meliqo‘ziyev;
+91 kilogramm: Kamshibek Kunkabayev — Bahodir Jalolov.
Mavzuga doir: Uzbek Tigers Xitoydagi mag‘lubiyatdan keyin Qozog‘istonga Shahram G‘iyosov va Bektemir Meliqo‘ziyevni olib ketdi
Eslatib o‘tamiz, Uzbek Tigers WSB’ning 2017-yilgi mavsumini China Dragons’ga uchralgan mag‘lubiyat bilan boshlagan edi. O‘zbekistonlik bokschilar navbatdagi – 3-turni 4-mart kuni Toshkentda, Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib boradi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!
