WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » 18-fevral 17:30 dan boshlab Astana Arlans va Uzbek Tigers bokschilari WSB doirasida ringga chiqadi
18-fevral 17:30 dan boshlab Astana Arlans va Uzbek Tigers bokschilari WSB doirasida ringga chiqadi
Bugun — 18-fevral kuni Uzbek Tigers boks jamoasi Jahon boks seriyasining (WSB) 2-turi doirasida ringga chiqadi. Dastlabki turni Xitoyda China Dragons’ga qarshi o‘tkazib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan Uzbek Tigers, bugun Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi bilan bellashadi.
Bir kun oldin bokschilarni taroziga tortish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bugun O‘zbekiston sharafini Abror Qodirov, Murod Ahmadaliyev, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Bahodir Jalolov himoya qiladi. Birinchi bo‘lib ringga eng kichik vazndagi sportchilar chiqib keladi.
Janglar Toshkent vaqti bilan 17:30 da start oladi. Qozog‘istonlik bokschilar 1-turni Rossiyada o‘tkazib, mezbonlar ustidan 3:2 hisobida zafar quchgandi.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?