» » Uzbek Tigers Xitoydagi maglubiyatdan keyin Qozogistonga Shahram Giyosov va Bektemir Meliqoziyevni olib ketdi

Uzbek Tigers Xitoydagi maglubiyatdan keyin Qozogistonga Shahram Giyosov va Bektemir Meliqoziyevni olib ketdi


18-fevral kuni Jahon boks seriyasining (WSB) 2017-yilgi mavsumi hisobidan 2-tur janglari bolib otadi. Unda Ozbekiston sharafini himoya qiladigan Uzbek Tigers Qozogistonda Astana Arlans klubi bilan bellashadi.

Musobaqaning 1-turini Xitoyda China Dragonsga qarshi otkazgan Uzbek Tigers 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Unda ozbekistonlik bokschilardan ikki nafari raqiblarini maglub etgan bolsa, yana shunchasi maglubiyat alamini totib kordi. Elnur Abduraimov esa janglardan bir kun muqaddam jarohat olib, ringga kotarila olmadi.

Ozbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati Qozogistonga yol olayotgan sportchilar nomini oshkor qildi. Unga kora, tarkib Xitoydagidan butunlay ozgartirilgan hamda Rio2016 Olimpiadasida Ozbekiston sharafini himoya qilgan bokschilardan tort nafari tanlab olingan.

Olimpiadaning kumush medallariga ega chiqqan Shahram Giyosov va Bektemir Meliqoziyev mos ravishda -69 va -81 kilogramm vazn toifalarida ringga chiqadi. Bronza sohibi Murod Ahmadaliyev -60 kilogrammda oz omadini sinab korsa, Rio2016 da Ozbekiston bayrogini kotarib chiqqan Bahodir Jalolov +91 kilogramm vazn toifasida korinish beradi. Shuningdek, -52 vaznda Abror Qodirov nomi bor. Ozbekistonning 2016-yildagi eng yaxshi sportchisi Hasanboy Dostmatov esa royxatda yoq.

Malumot uchun, 17-fevral kuni bokschilarni taroziga tortish marosimi bolib otadi. 18-fevral kuni esa Qozogiston va Ozbekiston tomoni oz bokschilarini birin-ketin ringga kiritadi. Qayd etish kerak, Astana Arlans turnirning 1-turida Rossiyaning Boxing Team jamoasini maglub etishga muvaffaq bolgandi.

: admin (16-02-2017, 11:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 20) ( 3)
:
-
:
20 ... -