» » Toshkent viloyati yo‘llarida foto va video qayd etish vositalari o‘rnatildi

Toshkent viloyati yo‘llarida foto va video qayd etish vositalari o‘rnatildi


Toshkent viloyatida yo‘l-transport hodisalari salmog‘ini kamaytirish, haydovchilar hushyorligini oshirish va yo‘l harakati ishtirokchilarini harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, bunday vositalar “Bektemir—Chorbog” avtomobil yo‘lining Bordonko‘l, Istiqlol mahallalari, “Yangibozor—Parkent” avtomobil yo‘lining 3 va 7-kilometrlari hamda “Toshkent—Olmaliq” avtomobil yo‘lining 29-kilometrida, Polvonak mahallasi hududida o‘rnatildi.

Ular hozirgi zamon talablariga to‘liq javob beradi. Belgilangan tezlikdan yuqori harakatlanayotgan avtotransport tezligi qayd etilib, jarima solish to‘grisida qarorlar chiqarilib, foto ilova qilingan holda haydovchi yashash manziliga jo‘natiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi.

Yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchilarni aniqlashga mo‘ljallangan, avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari Toshkent viloyatining boshqa asosiy yo‘llari hamda shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich o‘rnatilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют