» » Toshkentda Xiaomi Mi Mix 2S smartfoni sotuvga chiqdi

Toshkentda Xiaomi Mi Mix 2S smartfoni sotuvga chiqdi


O‘zbekistondagi savdo rastalarida Xiaomi kompaniyasining yangi Mi Mix 2S modeli sotuvga chiqdi, deb xabar beradi “Mobinfo”.

Mi Mix 2S flagmani o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan Mi Mix 2’dan deyarli farq qilmaydi, biroq u simsiz quvvatlantirish imkonini beruvchi Qi funksiyasi hamda qo‘shimcha reallik elementlariga ega ARCore dasturini yaratish platformasi bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari hoshiyasiz Mi Mix 2S smartfoni 6 dyuymli ekranga, Qualcomm Snapdragon 845 protsessori hamda Adreno 630 videotezlashtirgichiga ega. Tezkor xotirasi 6 gigabaytni, ichki xotirasi esa 128 gigabaytni tashkil etadi.

Shu bilan birga Mix 2S’ga iPhone X bilan raqobatlasha oladigan 12 megapikselli ikkitalik kamera o‘rnatilgan. Smartfon Android 8.0 Oreo operatsion tizimi osida ishlaydi.

Xiaomi Mi Mix 2S Toshkentdagi savdo rastalarida 4 640 000 so‘mdan sotilmoqda.

Nomi keltirilgan qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют