» » Endi Toshkentda “Bunyodkor” stadioni yo‘q. Uning nomi “Milliy stadion” deb o‘zgartirildi (foto)

Endi Toshkentda “Bunyodkor” stadioni yo‘q. Uning nomi “Milliy stadion” deb o‘zgartirildi (foto)


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Bunyodkor” stadionini tashkilot Ijroqo‘mi qaroriga ko‘ra “Milliy stadion” deb o‘zgartirdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, unda O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazish belgilab qo‘yildi. “Milliy stadion”, shuningdek, O‘zbekiston Kubogining yuqori bosqichli o‘yinlariga, xalqaro darajadagi futbol uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. U mamlakatning bosh arenasiga aylanadi.

Stadionga tutash hududda barpo etilgan futbol akademiyasi esa O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga qarashli akademiyaga aylantiriladi. Ta’kidlanishicha, rejaga ko‘ra yaqin vaqt ichida O‘zbekistonning 14 ta hududiy birligida 1 tadan bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari ish boshlaydi. Mazkur akademiyalarni esa O‘FA qoshidagi respublika futbol akademiyasi birlashtirib turadi.

Ma’lumot uchun endilikda sobiq “Bunyodkor” stadioni 34 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, u 2012-yil avgustda foydalanishga topshirilgan(qurilish ishlari 2009-yilda boshlangan edi). Stadionning ochilishi marosimi 2012-yil 28-sentyabrda bo‘lib o‘tgan.

“Bunyodkor” stadionidagi ilk rasmiy o‘yin esa 2013-yil 26-martda O‘zbekiston hamda Livan terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 00:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют