» » Shavkat Mirziyoyev Quvadagi “Farg‘ona anorchilik” MChJ faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Quvadagi “Farg‘ona anorchilik” MChJ faoliyati bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Quva tumanidagi “Farg‘ona anorchilik” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi bozor talabi va dehqon daromadi yuzasidan diversifikatsiya qilinmoqda. Yaqinda barpo etilgan “Farg‘ona anorchilik” korxonasi ham ana shu maqsadga yo‘naltirilgan.

300 gektardan ortiqni maydonni egallagan ushbu agrofirma anor yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashgan. Ayni paytda 289 gektar yerga 15 navga yaqin 272 ming tupdan ziyod anor ko‘chatlari ekilgan. Besh yuzga yaqin kishining bandligi ta’minlangan. 2025-yilgacha anorzor maydonini 2 ming gektarga yetkazish rejalashtirilgan. Anorzor to‘liq hosilga kirgach 10 ming tonna mahsulot yetishtiriladi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu anorzorni kirib ko‘rdi.

“Tepa Xudodan, past bandadan. Yerga mehr berib ishlasa, aql bilan ekib, parvarishlasa, albatta, o‘z natijasini beradi. Hamma sohada mahsulotni qayerga sotishni, mehnat va xarajatga nisbatan ko‘proq daromad olishni o‘ylash zarur. Buning uchun avvalo ilm kerak. Bozor talabini o‘rganadigan, zamonaviy bilimlarni tatbiq etadigan, mahsulotning hosildorligi va sifatini ta’minlaydigan kim — kadrlar. Shuning uchun anorchilik bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlashga e’tibor berish kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Anorchilik bo‘yicha ilmiy markaz, Farg‘ona davlat universitetida kafedra tashkil etish, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda gen texnologiyasini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston anori bo‘yicha brend yaratish, Farg‘ona viloyatida yaqin yillarda anorzorlarni 20 ming gektarga yetkazish, ko‘chatchilikni kengaytirish, danaksiz anor navlarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 12:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют