» » Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifini Zarbdor tekstil MChJ bilan tanishishdan boshladi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifini Zarbdor tekstil MChJ bilan tanishishdan boshladi


Shavkat Mirziyoyev 30-mart kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.Ozbekiston Prezidenti dastlab Zarbdor tumanidagi Zarbdor tekstil masuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Bu korxonani bunyod etish boyicha Ozbekiston Prezidenti otgan yili viloyatga tashrifi chogida topshiriq bergan edi. Shavkat Mirziyoyev yaqinda Samarqand viloyatida bolganida har bir tumanda kamida ikkitadan tekstil korxonalari qurish zarurligini takidlagan edi.

Yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan Zarbdor tekstil ana shunday zamonaviy korxonalardan. Bu yerda jami 1 ming 60 dan ortiq kishi doimiy ish bilan taminlanadi. Mahsulotlar ichki bozorni toldirib, eksportga ham yonaltiriladi.

Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan taminlash. Endi bir kilogramm paxtamizniyam chetga sotmaymiz, yurtimizda qayta ishlaymiz, qoshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaramiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Jizzax viloyatida toqimachilik, kimyo, farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etishga doir loyihalar taqdimoti otkazildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-03-2018, 11:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -