» » Shavkat Mirziyoyev har bir tumanda ikkitadan to‘qimachilik fabrikalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev har bir tumanda ikkitadan to‘qimachilik fabrikalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Oqdaryo tumanidagi “Mushtariy Oqdaryo” kompaniyasiga qarashli tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

2017-yil noyabrda ish boshlagan korxonada 20 xildagi trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda 400 dan ortiq xotin-qizlar hamda kollej bitiruvchilari mehnat qilmoqda.

Korxona mahsulotlarining bozori aniq — Rossiyaning OODJI kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan. Eksport geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan.

“Prezident fabrikaning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi, mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi, xodimlar bilan suhbatlashdi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Shavkat Mirziyoyev bunday zamonaviy korxonalar iqtisodiyotni barqaror qilish, aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutishini, shu kabi fabrikalarni har bir tumanda kamida ikkitadan tashkil etish zarurligini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют