» » Toshkentda terrorizm va ekstremizm qarshi kurashda yoshlarning o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda terrorizm va ekstremizm qarshi kurashda yoshlarning o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda


Toshkentda “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzuida xalqaro konferensiya boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbir Oliy Majlis Senati tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining mamlakatimizdagi loyihalari koordinatori va BMT bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Latviya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Malayziya, Kuvayt, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston singari mamlakatlar delegatsiyalari, xorijlik ekspertlar, shuningdek, senatorlar, deputatlar, fan arboblari, jurnalistlar ishtirok etmoqda.

Anjumanda yoshlar orasida terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishning siyosiy-huquqiy asoslari, bu jarayonda ularning rolini oshirish, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligini kuchaytirish, internet va OAVda bunday illatlar tashviqotining oldini olish, yosh avlod vakillari terrorizm va tajovuzkor ekstremizm ta’siri ostiga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida fan, madaniyat, sport sohalarida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamjihatligini mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Konferensiya doirasida Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi tomonidan YXHT ko‘magida ekstremizmga qarshi kurashish — “Stopterror.uz” axborot portalining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Markaziy Osiyo yoshlari tajovuzkor ekstremizmga qarshi” tanlovining mintaqaviy bosqichi natijalari e’lon qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, tajovuzkor ekstremizm va terrorizmning oldini olishda mintaqa mamlakatlari yoshlarining xalqaro uyushmasini tashkil etish istiqbollari haqida so‘z yuritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют