» » Rasman: “Real” yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

Rasman: “Real” yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi


Xulen Lopetegi 2018-yilgi Jahon Chempionatidan so‘ng Madridning “Real”ini boshqaradi. Bu haqda klubning Twitter’dagi sahifasida xabar berildi.

51 yoshli ispan mutaxassisi ?bilan 3 yillik shartnoma tuzildi.

Lopetegi Ispaniya terma jamoasini 2016-yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvida jamoa 19 uchrashuv o‘tkazib, biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan (13 g‘alaba va 6 durang).

U turli yillarda “Portu” va “Real Madrid Kastilya” jamoalari (2008/09-yilgi mavsumda) boshqargan.

Xulen Lopetegi “Real”da 1988—1991-yillarda darvozabon bo‘lgan, biroq u madridliklar sharafini Ispaniya chempionatida faqat bir o‘yinda himoya qilgan. 1994—1997-yillarda u “Barselona” safida bo‘lgan, ammo u kataloniyaliklar klubida ham asosiy darvozabon bo‘la olmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют