» » Donald Tramp Tryudoning bayonoti Kanadaga qimmatga tushishini ma’lum qildi

Donald Tramp Tryudoning bayonoti Kanadaga qimmatga tushishini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning G7 sammiti yakunidan keyin bergan bayonotini javobsiz qoldirmaslikka va’da berdi. Bu haqda Tramp 12-iyunda Kim Chen In bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Tramp Kanada bosh vazirining AQSh savdo siyosatiga nisbatan bildirgan tanqidiga o‘z tanqidini takrorlagan.

Donald Tramp Kanadada bo‘lib o‘tgan Katta yettilik sammitini tark etganidan so‘ng Jastin Tryudo Vashingtonning yangi “metall” bojlarini adolatsiz deb atagan.

“O‘ylashimcha, Jastin “birinchi raqamli bort”da 20 tadan ortiq televizor borligini bilmagan. Men u matbuot anjumani berib, AQShning ulardan nafratlanishiga yo‘l qo‘ymasligi haqida gapirganini televizorda ko‘rdim”, — deb ta’kidlagan Tramp.

AQSh prezidenti Kanadada AQSh ustidan juda katta ustunlik borligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Kanada bilan juda katta savdo defitsiti bor.

“U meni samolyotda va tomosha qilmayapti, deb o‘ylagan. U saboq oldi. Bu Kanadaga katta pulga tushadi”, — dedi Donald Tramp.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют