» » AQSh harbiy-havo kuchlari O‘rtayer dengiziga qaytarildi

AQSh harbiy-havo kuchlari O‘rtayer dengiziga qaytarildi


“Garri Trumen” aviatashuvchisi (samolyotlar uchishi va qo‘nishi uchun mo‘ljallangan harbiy kema) boshchiligidagi AQSh harbiy-havo kuchlarining yetakchi guruhi O‘rtayer dengizining sharqiy qismidan IShID marralariga zarba berishni davom ettirish uchun qaytdi. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlarining Facebook orqali bergan ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Garri Trumen” boshchiligidagi havo kuchlarining yetakchi guruhi IShIDga qarshi kurashish uchun O‘rtayer dengiziga qaytdi”, — deya guruh rahbari kontr-admiral Yujin Blek ma’lumot bergan.

Blekning so‘zlariga qaraganda, AQSh bu ishi orqali tinchlik o‘rnatish va terrorizm avj olgan mintaqada xavfsizlikni ta’minlash tarafdori ekanini ittifoqchilariga isbotlagan.

Avvalroq, O‘rtayer dengizida Rossiyaning “Yaroslav Mudriy” raketa fregati AQShning “Garri Trumen” atom aviatashuvchisini kuzatayotgani ma’lum qilingan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют