» » Bugun “Minor” masjidi va qabristoni atrofidagi yo‘llar 2 soatga vaqtincha yopiladi

Bugun “Minor” masjidi va qabristoni atrofidagi yo‘llar 2 soatga vaqtincha yopiladi


Bugun, 13-iyun kuni soat 18:00 dan 20:00 gacha “Minor” masjidi va qabristoni atrofidagi yo‘llar vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot berdi.

Xabar berishlaricha, Sharof Rashidov ko‘chasining Osiyo (Xurshid) ko‘chasidan Kichik halqa yo‘ligacha bo‘lgan qismi (“Minor” qabristoni darvozalaridan biri shu bo‘lakda joylashgan), Kichik halqa yo‘lining Sharof Rashidov ko‘chasidan Labzak ko‘chasigacha bo‘lgan qismi (“Minor” masjidi shu bo‘lakda joylashgan), Labzak ko‘chasining Nurafshon ko‘chasidan Kichik halqa yo‘ligacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

“Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi IIBB axborotida, biroq yo‘llar nima sababdan yopilayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Bugun erta tongda Anvar qori Tursunov vafot etgani haqida avvalroq xabar berilgandi. Uning janozasi “Minor” masjidida asr namozidan so‘ng o‘qiladi. Asr namozi 17:57 da boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют