» » Navoiyda “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Navoiyda “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi


Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tashabbusi bilan ichki ishlar, maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va qator yirik sanoat korxonalari hamkorligida tashkil etilgan tanlov yosh mutaxassislar kasb mahoratini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Eng faol yosh ipakchilik sanoat xodimi”, “Eng faol yosh ichki ishlar xodimi”, “Eng faol yosh quruvchi”, “Eng faol yosh olim”, “Eng faol yosh tarbiyachi”, “Eng faol yosh transportchi”, “Eng faol yosh fermer”, “Eng faol yosh shifokor” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning quyi bosqichlarida 90 dan ziyod yosh mutaxassis bahslashdi.

Tanlovning viloyat bosqichida 8 nominatsiya bo‘yicha 24 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Karmana tumanidagi “Kamalak” 6-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Charos Mamatovaning “Nilufar guli” deb nomlangan yangi metodik tarbiya usuli o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. O‘z ishiga noan’anaviy yondashuvi sabab, yosh mutaxassis “Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют