» » Samarqandda pochtaning tarixiy binosi buzilmasligi ma’lum qilindi

Samarqandda pochtaning tarixiy binosi buzilmasligi ma’lum qilindi


Samarqand shahrida bundan bir asr oldin qurilgan pochta binosi buzilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlar va internet nashrlarida xabarlar tarqalgandi. Bu haqda “Zarafshon” ma’lum qildi.

“O‘zbekiston pochtasi” Samarqand tumanlararo bog‘lamasi boshlig‘i Sh.Ahmedov holat yuzasidan shunday ma’lumot taqdim etdi:

“Mazkur hududda Samarqand davlat tibbiyot institutining 800 o‘rinli o‘quv binosi quriladi. Ushbu binoning qurilishi madaniy-tarixiy hisoblangan pochta binosidan 12 metr olisda olib boriladi. Qurilish ishlarining tarixiy binoga hech qanday ta’siri yo‘q. Ikkinchidan, o‘quv binosining bir qismi qurilishi rejalashtirilgan xat-xabar almashinuvi binosi tarixiy-madaniy obida sirasiga kirmaydi. Shahar pochtasi faoliyati uchun yaqin kunlarda hozirgidanda yaxshiroq sharoitga ega boshqa bino beriladi”.

Buzilishi rejalashtirilgan bino madaniy-tarixiy inshoot emasligi haqida Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi Samarqand va Jizzax viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasining ham xulosasi bor.

Xullas, buzilayotgan bino – Mironshoh Mirzo ko‘chasi, 19-uy tarixiy bino emas. Biroq ayni shu hududdagi Mustaqillik ko‘chasi, 28-manzil va Pushkin ko‘chasi, 3-uy tarixiy bino hisoblanadi. Ularning buzilish xavfi yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют