» » Yevropa parlamenti plastik idishlardan voz kechmoqda

Yevropa parlamenti plastik idishlardan voz kechmoqda


Yevropa parlamentida suv uchun plastik idishlardan va oshxonada foydalaniladigan boshqa bir martalik plastik idishlardan voz kechilmoqda. Bu haqda parlament saytidagi xabarga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, idishlarning o’rnini to‘ldirish uchun parlament hududida 166 ta ichimlik suvi favvorasi o‘rnatilgan.

Qaror Yevroparlament binolarida 166 ta ichimlik suvi favvorasi o‘rnatish bilan bog‘liq loyihaning yakuniy bosqichi sifatida qabul qilingan. Bir yarim soatdan kamroq davom etadigan yig‘ilishlarda suv uchun plastik butilkalardan foydalanish cheklangan.

Yevroparlament prezidenti va 14 nafar vitse-prezident barcha yig‘ilishlar va ommaviy tadbirlarda bosqichma-bosqich plastik butilkalardan foydalanishdan voz kechish haqida qaror qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют