» » 14—15-iyun kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud

14—15-iyun kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud


14—15-iyun kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirlig matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi yuqori. Ushbu hududlarda ob-havo o‘zgaruvchan, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kutiladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbiy yo‘nalishga o‘zgarib 7—12 m/s (25—43 km/soat), 15-iyun kuni shamol tezligi 20 m/s (72 km/soat)gacha kuchayishi, joylarda 15—20 m/s (54—72 km/soat)gacha kuchayishi kutiladi.

“O‘zbekistonda sel kelish mavsumi, asosan, mart—iyun oylariga to‘g‘ri keladi. Bir oylik yog‘ingarchilik qisqa vaqt ichida kichik hududda yog‘ishi oqibatida toshqinlar kelib chiqadi. Respublikamiz hududiga Atlantika okeani, O‘rta yer dengizi, Qora dengiz, Kasbiy dengiz uzra keladigan havo oqimi, asosan kuchli yomg‘irli bo‘ladi”, — deydi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Samandar Hikmatullayev.

Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholiga ehtiyot choralarini ko‘rish hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda FVVning +998(71) 147-10-50 “Tezkor raqam”iga murojaat qilish so‘raladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют