» » Indoneziya sohillarida kema halokati oqibatida 16 kishi qurbon bo‘ldi

Indoneziya sohillarida kema halokati oqibatida 16 kishi qurbon bo‘ldi


Indoneziyaning Sulavesi oroli sohillarida kema halokati oqibatida 16 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda qutqaruvchilar bayonotiga tayanib, “Sinxua” agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Agentlik avvalroq 13 kishining halok bo‘lganligini ma’lum qilgan edi.

“Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 16 kishi qurbon bo‘lgan, ikki nafar bedarak yo‘qolganni qidirish ishlari olib borilmoqda. 55 kishi qutqarilgan”, — deydi qutqaruvchilardan biri.

Uning so‘zlariga qaraganda, qidiruv va qutqaruv ishlari kech tushganligi uchun to‘xtatilgan, ular 15-iyun tongida davom ettiriladi.

Kema halokati Janubiy Sulavesi provinsiyasi ma’muriy markazi — Makasar shahri yaqinidagi suvda yuz bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют