» » Xitoy sohilida yuk kemasi halokatga uchradi

Xitoy sohilida yuk kemasi halokatga uchradi


Sharqiy Xitoyning Veyxay shahridan (Shandun provinsiyasi) 40 dengiz mili (taxminan 74 kilometr) sharqda o‘n nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan yuk kemasi cho‘kib ketdi. 5-dekabr, seshanba kuni Sinxua agentligining xabar berishicha, yetti kishi qutqarilgan, uch kishi bedarak yo‘qolgan, deb yozadi “TASS”.

Kema Niue orol-davlatida (Okeaniya) ro‘yxatdan o‘tgan. U Janubiy Koreyaning Pusan shahridan Yantay shahar okrugiga (Shandun provinsiyasi) yo‘l olgan edi. Kema jamoasi Myanma fuqarolaridan iborat edi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli shamol va chayqalish palubadagi yuk konteynerlarining joyidan siljishiga sabab bo‘lgan, shundan so‘ng kema ag‘darilib ketgan. Favqulodda vaziyat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Ekipaj a’zolaridan biri shifoxonaga yotqizilgan. Qolganlarning hayoti xavf ostida emas.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют