» » Qrim yaqinida halokatga uchragan kema dengizchisini qutqarish ishlari to‘xtatildi

Qrim yaqinida halokatga uchragan kema dengizchisini qutqarish ishlari to‘xtatildi


Qora dengizning Qrim yaqinidagi neytral hududida halokatga uchragan Anda kemasi ekipajining oxirgi, to‘qqizinchi a’zsini qidirish ishlari to‘xtatildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Operatsiya 31-iyul, dushanba kuni Moskva vaqti bilan soat 20:15 da qutqarish umidi qolmaganidan so‘ng to‘xtatildi”, — deya ma’lum qildi Sevastopol dengiz qutqarish markazi vakillari.

Ekipaji tarkibida Suriyaning 6, Hindistonning 3 nafar fuqarosi bo‘lgan Togo bayrog‘i ostidagi kema 29-iyul kuni tongda, Qrim yarim orolidan taxminan 40 kilometr uzoqda po‘rtana oqibatida halokatga uchradi.

8 kishi, jumladan, kema kapitani qutqarildi. Dengizchilar Yaltadagi kasalxonadan chiqarildi va mehmonxonaga joylashtirildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют