» » JCh—2018. Misr—Urugvay, Marokash—Eron, Portugaliya—Ispaniya. Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi

JCh—2018. Misr—Urugvay, Marokash—Eron, Portugaliya—Ispaniya. Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi


Xabaringiz bor, kecha, 14-iyun sanasida Rossiyada har to‘rt yillikning eng yirik futbol musobaqasi — Jahon Chempionati bellashuvlari start oldi. Ochilish o‘yinida Rossiya terma jamoasi Saudiya Arabistoni termasini yirik 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bugun, mundialning ikkinchi kunida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Ulardan biri “A” guruhining ikkinchi o‘yini bo‘lib, unda Misr hamda Urugvay terma jamoalari o‘zaro bellashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. “Daryo” mazkur o‘yindan matnli onlayn translyatsiya qilishni rejalashtirgan.

Kunning ikkinchi o‘yini esa “B” guruhidan joy olgan Afrika qit’asi vakili Marokash hamda Karlush Keyrush boshchiligidagi Osiyo qit’asi nomidan mundialda qatnashadigan Eron terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

3-uchrashuv esa “B” guruhi favoritlari Portugaliya hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanishi belgilangan. “Daryo” mazkur o‘yindan ham matnli onlayn translyatsiyani amalga oshiradi.

Barcha uchrashuvlar Futbol TV hamda UzReport telekanallari tomonidan jonli efirda namoyish etiladi.

Jahon Chempionati

“A” guruhi, 1-tur bellashuvi

15-iyun, juma

“B” guruhi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют