» » Jizzaxdagi mehmonxonada qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan fuqarolarga jazo tayinlandi

Jizzaxdagi mehmonxonada qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan fuqarolarga jazo tayinlandi


Jazzax shahri Sharof Rashidov tumanida yashovchi, muqaddam “qo‘shmachilik” bandi sudlangan F.N ismli fuqaro yana bir bor qo‘shmachilik jinoyatini sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan tegishli jazo belgilandi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudi matbuot xizmati xabar berdi.

U Jizzax shaharida joylashgan Grand Tower MChJga qarashli bo‘lgan “O‘zbekiston” mehmonxonasida ma’mur vazifasida ishlab kelib, 2018-yil 30-may kuni soat 21:30 larda, mehmonxonaning 5-qavat navbatchisi, jinoiy sherigi bilan o‘zaro til biriktirib, 30 000 so‘m pul evaziga mehmonxonada fuqarolarning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan holda qo‘shmachilik jinoyatini sodir etgan.

Sud F.N.ni Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan 2,5 yil muddatga mehmonxonalarda, shuningdek, moddiy va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Uning sherigi esa Jinoyat kodeskining 131-modda 3-qismi bilan aybdor deb topilib, ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют