» » “Real” 9 daqiqa ichida xet-trik qilgan “yangi Neymar” bilan shartnoma imzoladi

“Real” 9 daqiqa ichida xet-trik qilgan “yangi Neymar” bilan shartnoma imzoladi


Braziliyaning “Santos” klubi xavbeki Rodrigo Goes “Real” bilan shartnoma imzoladi, deb yozadi “Sports.ru”.

Futbolchiga “Qirollik klubi”ning azaliy raqibi “Barselona” ham xaridor edi, biroq “Real” prezidenti Florentino Peres raqobatda yutib chiqish uchun darhol katta summani taklif etib qo‘ya qoldi va buning uddasidan ham chiqdi. Madridliklar futbolchi uchun 45 million yevro to‘lashi aytilmoqda.

17 yoshli Goes o‘zi esa 2019-yilda, 18 yoshga to‘lganidan keyingina “Real” safiga kelib qo‘shiladi. Ungaacha esa “Santos”da to‘p suradi.

Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli futbolchi Braziliya chempionatining so‘nggi turida “Vitoriya” bilan o‘yinda 9 daqiqa ichida uchta gol urib va bitta golli uzatma bergan edi. (5:2).

Ma’lumot uchun 2017-yil mayida “Real” “Flamengo”ning o‘sha vaqtda 16 yoshda bo‘lgan futbolchisi Vinisius Juniorni 45 million yevroga sotib olib, jamoaning o‘zida qoldirgan edi. Vinisus 2019-yilda Madridga keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют