» » Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga qo‘shimcha 198 mln dollar ajratishni ma’qulladi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikni rivojlantirishga qo‘shimcha 198 mln dollar ajratishni ma’qulladi


Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 15-iyun kuni O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida meva-sabzavotchilik sohasida ishlab chiqarish-sotish zanjirini rivojlantirish uchun 198 million dollar miqdorida kredit taqdim etishni tasdiqladi. Bu haqda OTB matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar berdi.

Loyiha fermer-bog‘bonlarning uzoq muddatli iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

“Meva-sabzavotchilik bilan shug‘ullanuvchi fermerlar va ushbu sohasidagi ishlab chiqarish-sotish zanjiriga jalb qilingan korxonalarning katta qismi uzoq muddatli moliyalashtirishni olishlari mumkin”, — deydi Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G‘arbiy Osiyo mintaqaviy departamenti tabiiy resurslar hamda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha katta iqtisodchisi Bui Minx Jiap.

Mazkur kredit O‘zbekistonda OTB 2016-yilda boshlagan hamda meva-sabzavotchilikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihaning davomi bo‘ldi. O‘shanda 154 million dollar ajratildi, ularni hukumat banklarga qayta kreditladi, bu ular fermerlar va korxonalarga subkreditlar taqdim etish uchun qilingan.

Pullar meva va sabzavotchilik sohasidagi faoliyatni moliyalashtirishga, shu jumladan, meva-sabzavot mahsulotlarini sotib olishga, ularni qayta ishlash va saqlash uchun uskunalar hamda texnik jihozlarni xarid qilishga sarflanishi kerak edi.

Ushbu loyiha yettita bankni o‘z ichiga qamrab oladi (“Asaka”, “Davr-bank”, “Ipak yo‘li”, “Ipoteka bank”, Milliy bank, “Turonbank”, “O‘zsanoatqurilishbank”).

Qishloq xo‘jaligi O‘zbekistonda bandlikning 32 foizini egallaydi. U aholining 49 foizi yashaydigan qishloq joylarida asosiy daromad manbai hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют