» » JCh—2018. Messi penaltidan gol ura olmagan bahsda Argentina Islandiyani mag‘lub eta olmadi (video)

JCh—2018. Messi penaltidan gol ura olmagan bahsda Argentina Islandiyani mag‘lub eta olmadi (video)


Bugun, 16-iyun sanasida Rossiyadagi Jahon Chempionatining “D” guruhidan o‘rin olgan Argentina hamda Islandiya terma jamoalari 1-tur doirasida o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvda hisob 19-daqiqadayoq Argentina termasi tomonidan ochildi. Gol muallifi Serxio Aguero. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Islandiya termasi Alfred Finnbogasonning goli sabab hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Leo Messi penaltidan gol ura olmadi. Uning zarbasini Islandiya darvozabonig qaytarishga erishdi. O‘yin shu tariqa tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.

Guruhning yana ikki jamoasi — Xorvatiya hamda Nigeriya bugun tunda kurash olib boradi.

Jahon Chempionati

“D” guruhi, 1-tur bellashuvlari

16-iyun, shanba

Gollar: 1:0 — 19 Aguero, 1:1—23 Finnbogason.

Amalga oshirilmagan penalti (63). Messi.

Argentina: Kabalyero, Roxo, Otamendi, Talyafiko, Maskerano, Bigliya (Banega, 54), Salvio, Mesa (Iguain, 84), Di Mariya (Pavon, 75), Messi, Aguero.

Islandiya: Xalldoursson, Sigurdsson, Magnusson, Sevarsson, Arnason, Xadlvredsson, Gunnarsson (Skulason, 76), Sigurdsson, Gudmundsson (Gislason, 63), Byarnason, Finnbogason (Sigurdarson, 89).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 40) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют