» » Messi xet-trik qilgan o‘yinda Argentina termasi yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Messi xet-trik qilgan o‘yinda Argentina termasi yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)


JCh-2018 ga tayyorgarlik ko‘rayotgan Argentina terma jamoasi kecha, 29-may sanasida Buenos-Ayresdagi “Alberto Armando” stadionida Haiti termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Uchrashuv Messi jamoadoshlarining 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Avvaliga o‘yinning 17-daqiqasida Leo Messi penaltidan gol urgan holda hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida Leo ikkinchi golini urib, dublga erishdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Messi uchrashuvdagi 3-golini urdi. O‘yinga yakuniy nuqtani esa Serxio Aguero qo‘ydi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

29-may, seshanba

Argentina — Haiti 4:0

Gollar: 1:0 — Messi, 17 (penalti); 2:0 — Messi, 58; 3:0 — Messi, 66; 4:0 — Aguero, 69

Argentina: Kabalyero – Salvio, Otamendi, Fasio (Roxo,46), Talyafiko (Akunya, 71) – Lo Chelso (Banega, 75), Maskerano, Lansini (Mesa, 59) – Messi, Iguain (Aguero, 59), Di Mariya (Pavon, 59)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 12) ( 0) ( 12) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют