» » JCh—2018. Penaltidan foydalana olmagan Peru Daniyaga yutqazib qo‘ydi (video)

JCh—2018. Penaltidan foydalana olmagan Peru Daniyaga yutqazib qo‘ydi (video)


Hozirgina futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining “C” guruhidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuv ham o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda Peru hamda Daniya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida uchrashuv bosh hakami Bakari Gassam VAR tizimidan foydalanib, Daniya darvozasiga penalti belgiladi. Biroq Kristian Kueva 11 metrli jarima zarbasidan foydalana olmadi.

O‘yindagi yagona gol esa uchrashuvning 59-daqiqasida Kristian Eriksenning uzatmasidan so‘ng Yusuf Poulsen tomonidan kirtildi.

Shu tariqa Daniya uch ochkoga ega bo‘lib, Fransiya bilan birgalikda guruh peshqadamiga aylanib oldi.

Jahon Chempionati

“C” guruhi, 1-tur bellashuvi

16-iyun, shanba

Gol: 0:1 — 59 Yusuf Poulsen

Amalga oshirilmagan penalti: Kristian Kuyeva 45+1 (noaniq)

Peru: 1.Pedro Galyese, 2.Alberto Rodriges, 6.Migel Trauko, 8.Kristian Kuyeva, 10.Jefferson Farfan (11.Raul Ruidias, 85), 13.Renato Tapia (23.Pedro Akino, 87), 15.Kristian Ramos, 17.Luis Advinkula, 18.Andre Karillo, 19.Yosimar Yotun, 20.Edinson Flores (9.Paolo Gerrero, 63)

Daniya: 1.Kasper Shmeyxel, 4.Simon Kyayer, 5.Andreas Kristensen (Matias Yorgensen, 81), 7.Uilyam Kvist (19.Lasse Shone, 37), 8.Tomas Dileyni, 9.Nikolay Yorgensen, 10.Kristian Eriksen, 14.Xenrik Dalsgaard, 17.Yens Stryuger, 20.Yussuf Poulsen, 23.Pione Sisto (Martin Breytueyt, 67)

Ogohlantirishlar: Renato Tapia 38, Tomas Dileyni 86, Yussuf Poulsen 90



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют